Привет, Гость!
Chat (1) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Afandi&kalamush
Bir kuni afandini tushiga kalamush kiripti afandi oylanip xesh kalamush tushimga kirmasdi dep folb...davomi
Библиотека | Boshqalar | Snayper 7 (kamolov)
<< 1 ... 10 11 12
ko'ra kennoyimni qaytarib uyga opkelsangiz bo'lardi, — generalning so'zini kesdi Mirsoli. — Sho'rlikni ichvolib qattiq xafa qipsiz. Uyoqda boshqa xotiningizdan tug'ilgan qizingiz qo'ng'irog'ingizni kutib qon bo'lgan. Qiz voyaga yetibdi, lekin baribir sizni kutyapti. Siz bo'lsangiz, bir marta xabar olay, bag'rimga bosay, ko'nglini ko'taray demaysiz. Kap-katta odam, buning ustiga militsiya generali bunday ish tutsa, xunuk-da!.. Yana…
General bu gaplarni eshitib, hayratdan og'zini ochgancha Mirsoliga tikilib qolgandi. Beixtiyor o'ziga kelib Mirsolining gapini bo'ldi.
— Uka-a, agenturang zo'r ishlarkan-ku-a? Vey, qotib qoldim gaplaringni eshitib! Qachon orqamdan odam qo'ya qolding o'zi? Kim ekan menday generalni kuzatib yuradigan? Hoynahoy uyimga bildirmay kirib kamera, ovoz yozadigan uskunalarni joylashtirgandir-a?
— Topdingiz, — dedi Mirsoli sovuq tirjayib. — Agenturam juda zo'r ishlaydi. Lekin u allakim emas. O'zim o'zimga agentman.
— Q-qanaqasiga? Qo'y-e, uka, sen mana bu yerda yotgan bo'lsang… Aytaver, baribir agenturangga yomonlik qilmayman. Shunchaki… Kimligini bilgim keldi, xolos.
— Mening agenturam hov uyoqda, — dedi Mirsoli ko'rsatkich barmog'i bilan shiftni ko'rsatib. — Juda-juda olisda. Unga hatto raketadayam yetib bo'lmaydi.
— Qoyil, — deya kulimsiradi general. — Baribir tan berdim senga. Senga maslahatim, o'sha agenturani ranjitmagin! Vey, oilamda bo'layotgan ishlardan hech kimning xabari yo'q edi. Hozir sendan eshitib, hayron bo'lib qoldim. Barakalla! Mayli, men boray, hali ishlarim juda ko'p. Ha-a, senga quloq tutaman. Hamma ishni yig'ishtirib, kennoyingni uyga opkelaman. Keyin esa qizim Mashaga qo'ng'iroq qilaman. Rostdanam qiz bechorada gunoh yo'q. Bugun bir xursand qilay Mashamni!
— Menga aytadigan gapingiz yo'qmidi mabodo? — so'radi Mirsoli generalning asl maqsadini anglab tursa-da sir boy bermay. — Aytavering!
— Yo'q, — dedi general dast o'rnidan turib. — Keyin gaplashamiz. Tezroq tuzalib ket! Aytgancha… Ko'nglingga kelmasin-u, agar rozi bo'lsang, bir tanishim protez chiqadigan zavodda direktor. Zo'ridan qo'ydirib beraman. Ishon, protez shunaqa zo'rki, o'z oyog'ingda yurganday yayraysan. Juda yaxshi bo'lardi shunday qilsak. Nima deysan?
— Yo'q, bu menga to'g'ri kelmaydi, — dedi Mirsoli qovoq uyib. — Menga rahmingiz kelmay qo'ya qolsin! Nogironlar aravachasida yurishni ma'qul ko'ryapman. Aravachada o'tirib ham ancha-muncha ishni do'ndira olaman.
— Mayli, mayli… Yana kelaman. Zo'r takliflarim bor senga. Bafurja o'tirib gaplashamiz.
— Nasib bo'lsa! Xayr, general!
— Joning omon bo'lsin!..
General qayta-qayta xayrlashib, shoshilmasdan palatani tark etdi.

* * *

General ketgach, Mirsoli beixtiyor o'zini yomon his eta boshladi. Boshi gir-gir aylanib, ko'ngli aynidi. Sal o'tib yuragi siqilib, go'yo yorug' dunyo ko'zlariga tor ko'rinib ketaverdi. Nimalar bo'layotganini tushunmay hamshirani chaqirmoqqa shaylandi. Biroq fikridan qaytdi. Ko'zlarini yumgancha tek qotdi. Taxminan besh daqiqa vaqt o'tgach, qaytadan jonlandi. Boshi aylanishdan, ko'ngli aynishdan to'xtadi. Yuragi ham bir me'yorda urib, ko'zlarini ochdi va o'tirib oldi. Ajablangani, endi miyasidagi allanechuk o'ylar ko'paygandan ko'payib borardi. Mirsoli sezardi, kimdir, noma'lum, notanish, yot ovoz sohibi unga dunyo ishlaridan so'zlar, gohida o'zi ham aytilgan so'zlarni o'ngida takrorlardi.
Mirsoli nimadir esiga tushgan kabi daf'atan bezovtalanib, yostiq ostidagi qo'l telefonini oldi va Vadimning raqamini terdi.
— Vadim, senga bir gapni aytmasam bo'lmaydi, — dedi go'shakdan tanish ovoz eshitilgach. — Bu juda muhim. Ishqilib, xaridor topib qo'ymaganmiding?
— Yo'q, — dedi Vadim xavotir aralash. — Hali topmadim. Nima bo'ldi, boss? Tinchlikmi? Yo yetib boraymi kasalxonaga?
— Kerakmas. Biznesni sotmay qo'yaver! O'zing ishni yurit! Lekin juda ehtiyot bo'l! Kechasi ko'chada yolg'iz yurma! Aytganlarimni qil!
— Xo'p bo'ladi!
Mirsoli telefonni o'chirdi-da, boshini changalladi.
— Essiz, shunday yordamchidan ham ayriladigan bo'ldim. Sinfdosh do'stim Shavkatdan umidlarim katta edi. Mana, uyam ahmoqlik qildi. Bir oydan keyin avtohalokatga uchrashi muqarrarligini bilmadi. Ko'nglimni qoldirdi. Mayli, o'zidan ko'rsin! Baribir buyog'iga yordam bera olmasdim. Ha, hoziroq generalga qo'ng'iroq qilaman. Ko'zi ochildi generalning. O'zicha mendan qanday foydalanish haqida o'ylab, rejani pishitib oldi. Xotini, qizidan uzr so'radi. Asosiysi, menga tan berdi… Alam qilgani… Shu odam ham uzoqqa bormaydi. Tanballigi, xasisligi, tilining suyaksizligi boshiga yetay deb turibdi. Lekin menga yomonligi yo'q. To'g'rimi, qalbim? Hoynahoy, sen yo'l ko'rsatyapsan shekilli menga-a? Yo'q? Unda kim? Farishtalar? Ular qani? Men ko'ra olamanmi ularni? Yo'qmi? Afsus, farishtalarni ko'zim bilan ko'rsam, armonim qolmasdi… Yo'q, yo'q, xudoga shirk keltirmoqchi emasman. Tavba qildim, tavba!.. Ha, farishtalarim, sizlarning qulingizman endi. Tushundim, men avlod-ajdodim yurmagan yo'ldan yurishga mahkumman. Sizlar tashlab qo'ymasligingizniyam bilaman. Faqat xudoyimdan so'raganim shuki, meni uyaltirib, badnom qilib qo'ymasin! To'ppa-to'g'ri, xudoyim hech qachon bandalarini badnom qilmaydi. Meni, ayniqsa, qo'llamoqchi, o'ziga yaqin olmoqchi! O'ziga beadad shukr!..
Mirsoli shosha-pisha generalning raqamini topdi-da, yashil tugmachani bosdi.
— General, — dedi salmoq bilan. — Sezdim, hozir o'zingiz qo'ng'iroq qilmoqchiydingiz. Ovora qilgim kelmadi sizni. Nima taklif kiritishingizniyam aniq-tiniq sezib turibman. Xohlasangiz, aytishim mumkin.
— Yo'q, — general kula-kula so'z qotdi. — Yaxshisi, oldingga o'zim boraman. Har holda bu telefon orqali aytiladigan gapmas. To'g'rimi?
— Ha-da, suhbatimiz qaltis kechadi. Kela qoling! Bafurja gaplashib olamiz!..
Davomi bor

Olimjon Hayit
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
<< 1 ... 10 11 12

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url


Комментарии
Всего: 2
На главную
EroTop.mobiwaplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru