Привет, Гость!
Chat (4) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: iflos odamlar uchun muallif.«vampire»
hikoya køchirilgan DAHSHAT BU VOQEANI YOZISH UCHUN HAYOLIMDA JONLANTIRYAPMANU BO'LGAN VOQEALA...davomi
Sayt uchun ajoyib dastur!!!
Библиотека | Boshqalar
1 2 3 ... 5 >>

Kallakesar (kamolov)

Добавил:Kamolov (31.01.2019 / 14:14)
Рейтинг:rating 249576 article (0)
Прочтений:1620
Комментарии:11
Xammaga salom. Vada qilganimdek yangi asarni etiboringizga havola qilaman. Buyam sizga yoqadi degan umiddaman.

* * *

Mehmonalining armiyadan kelganiga bir oy bo'lmay, go'yo boshi berk ko'chaga kirib qolgandek edi. Bolalikdan tepishib katta bo'lgan tog'asi Obid suvchi uylandi-yu, to'nini teskari kiyib oldi. Bir marta yangasining haqoratiga haqorat bilan javob qaytarganiga Mehmonalini hovlidan haydashga tushdi. Mahalla oqsoqoli Sulton buva, qishloqning mo'ysafidlari nasihat qilishdi, insofga chaqirishdi, uqtirishdi. Tog'a quloq tutmadi. «Mehmonali uydan ketsin, daf bo'lsin!», deb turib oldi. Bu-ku mayliydi. Nima qilsa ham uch yasharligidan enasi shu uyga — rahmatli bobosi-yu momosining qo'liga tashlab ketgan. Hozir Mehmonalini himoya qiladigan bobosi, momosi yo'q. Hovlida haqi yo'qligini ham biladi. Ko'z ostiga olib qo'ygani Barnoning otasi aytgan gap Mehmonaliga juda alam qildi. U ham uyi yo'qligiga sha'ma qilibdi. «Oldin uy-joy qilsin, ana undan keyin qizimning qo'lini so'rasin», debdi. Sovchi bo'lib kirgan Jannat xolasi yig'lagudek bo'lib shu gaplarni yetkazganda, Mehmonali yer yorilmadi, yerga kirmadi. O'zini juda-juda notavon his qila boshladi. Qismatiga la'natlar o'qidi.
«Men Barnoni chaqirib, o'z og'zidan shu gaplarni eshitmasam bo'lmaydi, — ko'nglidan o'tkazdi Mehmonali erta tongda bobo hovlidan ko'chaga chiqarkan. — Agar shu gap rost bo'lsa, qishloqdan bosh olib ketaman. Barnoga oxirgi gapimni aytaman-u, jo'nayman. Baxtimni, omadimni o'zga manzillardan izlayman…»

* * *

Ular odatdagidek Barnolarning qishloqdan chetroqdagi tomorqasida uchrashishdi.
Barno mahzun edi. To Mehmonali birinchi bo'lib gap boshlamaguncha tek o'tiraverdi.
— Shu gap rostmi, Barno? — so'radi Mehmonali ohista. — Dadang shunday dedimi?
— Afsuski, to'g'ri, — dedi Barno uzun va qirq kokil sochlarini kaftlari orasiga olib. — Dadam shunday shart qo'ydi. Boshqachasiga sira rozi bo'lmayapti. Endi nima qilamiz, Mehmon aka?
— Taqdirga tan beramiz-da! Nima qilardik? — dedi Mehmonali yuzini ters burib. — Menday uysiz, davlatsizlarga kim qo'yibdi uylanishni? Buning ustiga uydanam haydalgan bo'lsam.
— Nega unaqa deyaverasiz? Biror yo'li bordir, axir?..
— Bor, — dedi Mehmonali ma'yus jilmayib. — Bitta yo'li bor. Rozi bo'lsang, ikkimiz bir umr birga bo'lishimiz mumkin.
— Nima qilishimiz kerak? Ayting, joningni uzib ber desangiz, beraman. Faqat…
— Seni olib qochishim kerak. Uzo-oqlarga olib qochib ketishim qoldi. Bundan bo'lak yo'l yo'q. Xo'sh, nima deysan? Rozimisan?
Barno sukutga toldi. Hiyla bosh egib, lablarini qattiqroq tishladi. Ammo negadir javob berishga shoshilmadi.
— Nega jim bo'p qolding? — so'radi Mehmonali kuyinib. — Ketasanmi men bilan?
— Unday qila olmayman. Ota-onamning yuzini yerga qaratsam, ikkalamiz ham qarg'ishga qolamiz, sharmanda bo'lamiz. Biz-ku, mayli, ota-onam qishloqda bosh ko'tarib yurolmay qoladi. Yo'q, Mehmon aka, men unday qizlardan emasman.
— Demak, rozimassan… — Mehmonali hafsalasi pir bo'lib ketishga chog'landi. — Unda yaxshi qol. Yaxshi-yomon gapirib ko'nglingni og'ritgan bo'lsam, kechir!..
— Bu nima deganingiz? — Barno beixtiyor hushyor tortib Mehmonalining yo'lini to'sdi. — Meni tashlab ketasizmi? Endi gaplashmaysizmi men bilan?
— Boshqa ilojim ham yo'q-da, — dedi Mehmonali suyuklisining ikki yelkasidan tutib. — Sen ham o'zingga munosibini topasan. Menday uysiz, ota-onasiz yetimchani boshingga urasanmi?..
— Shafqatsiz ekansiz! — Barno kutilmaganda yig'lab yubordi. — Shunchalik irodasizligingizni bilmagan ekanman. Hayf sizday yigitga!..
Mehmonali ortiq so'zlashga o'zida kuch topa bilmadi. Piq-piq yig'lagancha uyi tomon keta boshlagan Barnoning ortidan alamli tikilib turdi-yu, o'zi ham ortga qaytdi.
Bir kun kelib azoblar, alamlar barham topishiga, adolat g'alaba qilishiga yana bir karra iymon keltirdi.

* * *

Mehmonali bu hovlidan ketib qaerga borishigacha rejalashtirib olgandi. Toshkanga borib, baxtini, omadini, qadrini qidirishga ahd qilgandi. Ammo o'rgangan, suyanib qolgan, yillar osha jondek qadrdoniga aylangan hovlini tark etish oson emaskan. Buni Mehmonali shu lahzalarda chuqur his eta boshladi. Bir ko'ngli «ket, baribir tog'ang insofga kelmaydi, boshing oqqan taraflarga jo'na», desa, bir ko'ngli «ketma, birgina tog'ang bilan til topisha olmaysanmi? Kerak bo'lsa, ta'zim bajo ayla, oyoqlarini o'pib yolvor, albatta shashtidan tushadi», derdi.
«Yo'q, — deya ko'nglidan o'tkazdi Mehmonali. — Ketmasam bo'lmaydi. Bu yerda endi hech kimga keragim qolmadi. Qishloqdoshlar, sinfdosh do'stlar o'z yo'liga. Hammasining o'z hayoti, tashvishi, muammosi bor. Meni yelkalay olishmaydi, nari borsa ko'nglimni ko'tarishar, tasalli berishar. Biroq bu muammoni hal etib berishmaydi. Yaxshisi, keta qolay, shunda tog'am ham, kennoyim ham mamnun bo'lishadi, yengil tortishadi. Xotirjam umr kechirishadi. Harqalay yosh bola emasman, armiya ko'rdim, dunyo kezdim. Qornimni to'ydirish qo'limdan keladi…»

* * *

Shunday o'ylar girdobida Mehmonali hovliga kirdi. Aksiga olgandek tog'asi Obid suvchi hovlining qoq o'rtasida chayqalib turardi.
«To'yib ichibdi shekilli bugun ham, — o'yladi Mehmonali ming bir hadik bilan tog'asiga yaqin borarkan. — Sal kechroq kirsam bo'larkan uyga. Hozir tag'in diydiyosini boshlaydi…»
— Ha, haliyam shu yerdamisan? — kutilganidek salom-alik o'rniga o'dag'aylashga o'tdi tog'asi. — Senga kecha nima degandim? Subuting bormi o'zi? Ket degandan keyin ketadi-da! Yo yoqalashib meni mayib qilganingdan keyin ketasanmi? Har holda armiyadan kelding, kuching ko'p. Shuni mo'ljallayotgan bo'lsang kerak-da-a?
— Tog'a, unaqa gaplarni gapirmang, — deya aybdorona bosh egdi Mehmonali. — Ertalab ketaman, ko'nglingiz to'q bo'lsin!
— E, sening ertangam ja ko'payib ketyapti! Hozir ketasan! Pishirib qo'ygani yo'q senga mening uyimda! Bo'l tez, lash-lushingni ko'tar!.. Hozir qishmas, sovuqda o'lmaysan!
— Xo'p, tog'a, hozir narsalarimni yig'volay, ketaman!..
Mehmonali tog'asining fe'lini yaxshi bilardi. Agar yana birpas gapni aylantirsa, sharmandalikka o'tadi, baqir-chaqir qila boshlaydi, xotini esa ayuhannos solib mahalla kattalariga chopadi…
U tavakkal dahlizga kirdi-da, oldindan taxt qilib qo'ygan jomadonini qo'liga olib hovliga qaytdi.
Obid suvchi miq etmas, unga yeb qo'ygudek tikilib, tezroq ko'chaga chiqib ketishini kutardi.
Mehmonali til uchida «Xayr» dedi-yu, ko'chaga yo'l oldi.

* * *
«Yolg'izning yori xudo», deb bekorga aytishmagan. Mehmonali kechasi ko'chada tentiramaydigan bo'ldi. Ikki uy naridagi Tilla buva ko'rib qolib, alohida hujrasiga boshlab kirdi.
— Sen xafa bo'lma, — tasalli berdi Tilla buva. — Obid hech qachon odam bo'lmaydi. Xotinining yo'rig'iga tushib olgan. Shunday o'lib ketadi. Ollohga shukr, kuch-quvvating bisyor, yosh, navqironsan, yo'lingni topib ketasan, bolam. Hali Obidga o'xshaganlarni uyaltirasan ham. Mana meni aytdi dersan!..
— Meni enam bekor dunyoga keltirgan ekan, — qancha o'zini qo'lga olishga urinmasin, Tilla buvaning tasallilari ko'nglini ag'dar-to'ntar qilib yuborgandi. Mehmonali qalbidagi
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 ... 5 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url


Комментарии
 A Kamolov [Off] (01.02.2019 / 17:26)
Davomi moderizatsiyada
 A SaRDoR_UmRZoQoV [Off] (01.02.2019 / 17:02)
 HaYoTiMDaN__Yo‘QoL__YuRaGiMdA__SeNgA__JoY__Yo‘Q
komentlarda so‘kinish bo‘lmasin, so‘nggi ogohlantirish keyin :ban:
a A arslon [Off] (01.02.2019 / 14:01)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
Yoqmasa uxla biza oqimiza nike
a A arslon [Off] (01.02.2019 / 13:59)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
Davomini yozing oqiyliy oka kutib qovomiz
 M inju [Off] (01.02.2019 / 10:50)
 qalbi go'zal insonni...qalbida bo'lmoq go'zal...
Яхши..хикоя жудаям чузиб йозилгану, лн укиб унинг ахволини чукур хис этасан.



Армияга борса хамки жуда буш, кишлоки боллар хам бунчалик булмаса керак, лн булиши хам мумкин..



майли
давомини кутамиз)
A A Anonim007 [Off] (01.02.2019 / 02:05)
Kamolov yaxshi narsa baribir yaxshi
 A YuRaGImSaN [Off] (31.01.2019 / 23:46)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
Komolov rahmat davomini kutamiz.
 A Kamolov [Off] (31.01.2019 / 22:56)
Sizga yoqmasa o‘qiydiganlar bor. O‘qishga majbur emassiz. Fikringiz uchun raxmat.
- A -NIKE- [Off] (31.01.2019 / 21:50)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
naxxuy kerak bu saytga bunaqa xikoyalar,seks xaqida yoz qolingdan kelsa
- A -NIKE- [Off] (31.01.2019 / 21:45)
 Erouy.ru Ehtirosli romantik portal
hordiq.uzdan kuchirilgan
Всего: 10
На главную
EroTop.mobiwaplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ru